18:55 / 14.12.2016
12096

Yangi Samsung Galaxy C7 Pro smartfoni surati tarqaldi

Samsung kompaniyasi 2017 yilning boshida yangi Galaxy C Pro smartfonlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. “O‘rtacha” model bo‘lgan Galaxy C7 Pro’ning suratlari tarmoqda paydo bo‘ldi, deb xabar berdi GSMArena.

Samsung Galaxy C7 Pro kompaniya assortimentida o‘rtacha xususiyatga ega bo‘lgan model o‘rnini egallashi kutilmoqda. U aftidan yanvarda taqdim etiladi. Narxlar borasidagi ma'lumotlar ham hozircha oshkor etilmagan.

Xabarlarga ko‘ra, Galaxy C7 Pro 5,7 dyuymli, Full HD ekraniga ega bo‘lib, operativ xotirasi 4 GB’ni tashkil qiladi. Uskunaning asosiy kamerasi – 16 MP, doimiy xotirasi esa 64 GB’ga teng bo‘lishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid
Top