09:31 / 14.12.2016
7524

Bill Geyts Tramp AQShni qanday boshqarishi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi

Foto: © AP

Microsoft kompaniyasi asoschisi va ayni vaqtda sayyoramizdagi eng badavlat odam Bill Geyts AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali birinchi muloqoti haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi. U bu haqda CNBC telekanali efirida so‘zlab berdi va Tramp AQShni innovatsiyalar yordamida boshqara olishini ta'kidlab o‘tdi.  

Geyts Trampning innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini AQShning sobiq prezidenti, Oyga insonni qo‘ndirish bo‘yicha koinot dasturi boshlanishi tashabbuskori Jonn Kennedi salohiyatiga qiyosladi.

"Bu xoh ta'lim yoki epidemiyaga qarshi kurash bo‘lsin, Tramp ma'muriyati ishni innovatsiyalar yordamida yo‘lga qo‘yishi, ular yordamida qonunchilik to‘siqlaridan xalos bo‘lishi va mamlakatni boshqarishining barcha alomatlari mavjud", deb aytgan Geyts. 

Avvalroq Tramp texnologik industriyaning atoqli vakillari bilan suhbatlashgan. Ular Tramp bilan sohadagi ustuvor yo‘nalishlar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishgan va u bilan ishlashga tayyorgarliklarini bildirishgan.

 

Mavzuga oid
Top