19:21 / 14.12.2016
6290

Gvardiola : Menga vaqt bering

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLga to‘la moslashib ketishi uchun unga vaqt kerak ekanini ta'kidladi.

«Hattoki, mening kumirim Aleks Fergyusonga ham APLni yutish uchun vaqt kerak bo‘lgan. «Liverpul», shunday buyuk tarixga ega klub bo‘lib ham, uzoq yillardan buyon chempionatda zafar qucha olmayapti. Menga ham vaqt beringlar, yigitlar.

Umid qilamanki, menga bundan keyin ham vaqt beriladi. Dunyoning barcha murabbiylari Angliyada qiyinchiliklarga duch keladi, faqatgina Pep emas.

Ha, tan olishimiz kerak, o‘tgan oy biz uchun yaxshi kechmadi. Bunga bahona izlamoqchi emasman.

Hozirgi vaqtda senda hammasi joyida ketmayotgan bo‘lsa tanqidlarni qabul qilishni o‘rganishing lozim. Ammo, umid qilamanki, siz menga ko‘proq imkoniyat berasiz», – degan Gvardiola.

Top