18:09 / 14.12.2016
5115

IBM rahbari: AQShda texnologiya sohasida to‘ldirilmagan vakansiyalar ko‘p

IBM (International Business Machines) bosh direktori Jin­ni Ro­met­ti kompaniyaning kelasi 4 yil davomida AQShda 25 ming kishini ishga olishi va 1 milliard dollarni investitsiya qilishi haqida ma'lum qildi. USA Today nashri shu haqida xabar berdi. 

Romettining ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarda texnologiya sohasida to‘ldirilmagan vakansiyalar hali ko‘p. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammo zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarning yetishmasligidadir. 

"Bulut texnologiyalar va ma'lumotlarni qayta ishlash barcha sohalarni - sanoatdan tortib to qishloq xo‘jaligigacha o‘zgartiradi. Shunday ekan, yangi ko‘nikmalarni talab qiluvchi ishchi o‘rinlari paydo bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ta'lim, tayyorgarlik va rekrutga yangicha yondashuvni talab qilmoqda".

IBM bayonotiga ko‘ra, kompaniya qarori 14 dekabrda bo‘lib o‘tgan Amerikaning yetakchi texnologik kompaniyalari rahbarlarining Donald Tramp bilan uchrashuviga bog‘liq emas. 

So‘nggi yillarda IBM AQShdagi minglab ishchi o‘rinlar qisqarishi va resurslarni Hindiston kabi mamlakatlarga ko‘chirish tufayli tanqidga uchrab kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top