09:50 / 14.12.2016
8279

«Manchester Siti» va «Chelsi» uchrashuvidagi mojaro yuzasidan qaror chiqarildi

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) «Chelsi» klubidan ochko olib tashlamaslikka qaror qildi.

Bundan oldinroq, londonliklar klubi futbolchilari «Manchester Siti»ga (3:1) qarshi o‘yinda raqib bilan janjal kelib chiqishiga sababchi bo‘lishgani uchun ochkolardan mahrum etilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

VVS xabariga ko‘ra, klub 100 ming funt jarimaga tortildi. Bu «Chelsi» futbolchilariga nisbatan so‘nggi 19 oy ichida chiqarilgan beshinchi shunday qaror bo‘ldi.

Mojaroda ishtirok etgan «Manchester Siti» klubi 35 ming funt miqdorida jarimaga tortilgan.

Mavzuga oid
Top