13:07 / 14.12.2016
5839

Venesuela Braziliya bilan ham chegarasini yopishga qaror qildi

Foto: EFE

Venesuela hukumati mafiyaga qarshi kurash maqsadida Braziliya bilan chegaralaridagi o‘tkazuv punktlarini yopishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda El Mundo nashri yozmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ma'muriyati, 100 Venesuela bolivari (milliy pul birligi)ning yirik partiyasi mamlakatga olib kirilishining oldini olish uchun shunday keskin choralarni qo‘llamoqda. 

Bundan avvalroq, Venesuela mafiyaga qarshi kurash maqsadida yirik banknotalarni muomaladan qaytarib olishga qaror qilgan edi. Shu sabab, Kolumbiya bilan chegaralar ham yopilgani xabar qilingandi. 

Venesuela Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, 6 mlrddan ortiq 100 bolivarlik banknotalar muomaladan olingan edi. Bu mamlakatdagi barcha pulning deyarli yarmini tashkil etadi. 

Mavzuga oid
Top