08:39 / 14.12.2016
3780

Venesuela parlamenti: Mamlakatdagi inqirozga prezident mas'ul

Foto: Twitter.com @AsambleaVE

Venesuela milliy assambleyasi (parlament) prezident Nikolas Maduroni mamlakatdagi inqirozli vaziyatga mas'ul deb tan oldi. Bu haqda parlamentning tvitter’dagi sahifasida xabar berilgan.

«Respublika prezidenti Nikolas Maduro Morosning siyosiy mas'ulligi haqidagi bayonot bir ovozdan qabul qilindi», - deyiladi xabarda.

Deputatlardan biri Simon Kalzadillaning ta'kidlashicha, Maduro uch yil davomida mamlakat tashqi qarzini 60 milliard dollarga oshirishni “uddalagan”.
 

Mavzuga oid
Top