08:41 / 15.12.2016
5685

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori hayotdan ko‘z yumdi

Foto: © AFP 2016/ Tim Sloan

Taniqli iqtisodchi va Nobel mukofotining iqtisodiyot bo‘yicha sovrindori Tomas Shelling 96 yoshida AQShda vafot etdi, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press agentligi.

Shelling 2005 yilda Shvetsiya milliy banki Alfred Nobel xotirasiga ta'sis qilgan iqtisodiy fanlar bo‘yicha sovrinning laureati bo‘lgan. 

Agentlikning qayd etishicha, Shelling 13 dekabr kuni Merilend shtati Betesda shahridagi o‘z uyida hayot bilan vidolashgan. 


 

Mavzuga oid
Top