19:01 / 15.12.2016
64046

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi keltirildi.

Unga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosarlari qatorida Mirzayev Zoyir Toirovich keltirilgan.

Samarqand viloyatining endilikda sobiq hokimi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbari etib tayinlangan. U bu lavozimda Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovichni almashtirgan.

Sobiq vazirning keyingi faoliyati haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Samarqand viloyatiga 16 dekabr kuni yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda. Shu kuni Buxoro viloyati hokimi ham o‘zgarishi haqida xabarlar mavjud.

Top