15:53 / 15.12.2016
15632

Muxolifat kuchlari Halabni tark etmoqda

Rossiyalik harbiylar Halab sharqiga o‘rnashgan muxolifat kuchlarini ko‘chirishga tayyorlanmoqda. Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari, general Valeriy Gerasimovning ma'lum qilishicha, Halabdan 5 ming jangari va ularning oila a'zolari olib chiqiladi.

Bu ishlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarori bilan amalga oshirilmoqda.

Uning qayd etishicha, muxolifat kuchlari olib ketilishi uchun 21 km uzunlikdagi "gumanitar yo‘lak" tashkil etilgan.

"Bu yo‘lning 6 kilometrlik qismi Halab hududida, bu hudud hukumat harbiylari nazoratida. Yana 15 kilometrlik qismi esa muxolifat kuchlari nazoratida", deya aniqlik kiritgan general.

Gerasimovning aytishicha, jangarilarni tashish uchun 20ta yo‘lovchi avtobusi va o‘nlab tez tibbiy yordam mashinalari ajratilgan, shuningdek, karvonda jangarilarning yuzga yaqin avtomobillari bo‘ladi.

Jangarilar Halabni avvalroq tark etishi lozim edi, ammo buning o‘rniga ba'zi guruhlar Suriya harbiylari pozitsiyalariga hujum qildi. Lekin bu hujumlar qaytarildi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top