14:57 / 15.12.2016
14550

Putin Yaponiyaga so‘nggi 11 yil davomidagi ilk tashrif bilan keldi

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga ikki kunlik tashrifi boshlandi. Davlat rahbari bosh vazir Sindzo Abe qarorgohiga kelgan. 

Bu tashrif ikki davlat o‘zaro munosabatlari rivojiga qo‘yilgan jiddiy qadam deb baholanishi mumkin. U 2014 yildan beri ortga surilib kelgan.

Har ikki davlat yetakchilarining o‘zaro suhbati davomida hududiy masalalar va tinchlik bitimi muammosi ko‘tarilishi rejalashtirilgan. Kremlda ma'lum qilishlaricha, siyosatchilar savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro loyihalar, madaniy aloqalarni ham muhokama qilishadi. Taxminlarga ko‘ra, Putin va Abe Koreya yarim orolidagi vaziyat, mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan ham fikr almashishadi.

Eslatib o‘tamiz, RF prezidenti Tokioga so‘nggi bor 11 yil avval kelgandi.
 

Mavzuga oid
Top