15:42 / 15.12.2016
12611

Tayvanda qoidabuzar haydovchiga tegishli Lamborghini kran yordamida yo‘q qilib tashlandi

Tayvanda qoidabuzar haydovchiga tegishli bo‘lgan Lamborghini Murcielago avtomobili kran yordamida yo‘q qilindi. Bu holat tasvirlangan video YouTube kanalida paydo bo‘lgan.

Mashina aviakompaniya xodimlaridan biriga tegishli bo‘lib, 2013 yilda olib qo‘yilgan. Bunga unda boshqa avtomobilning raqami turgani sabab qilib ko‘rsatildi. 

Tayvan qonunlariga ko‘ra, olib qo‘yilgan mashina to‘laligicha yoki ma'lum bir qismlarga bo‘linib sotilishi mumkin emas. Shuning uchun uni yo‘q qilishdi. Jarayon videoga olindi hamda markaziy kanallar orqali efirga uzatilgan. Bu qoidabuzarlarga misol tariqasida amalga oshirildi. Superkar kran yordamida bir necha qismlarga bo‘lib tashlandi.

Mavzuga oid
Top