19:21 / 16.12.2016
4827

AQShda qatl etishlar miqdori 25 yildagi eng past darajagacha tushib ketdi

Foto: AP

AQShda ijro etilgan o‘lim jazolari miqdori oxirgi 25 yildagi eng past darajagacha tushib ketdi, deb xabar bermoqda Washington Post nashri.

O‘tgan haftada Alabama shtatida Ronald Bert Smit ismli mahbus qatl etildi. U joriy yilda qatl etilgan 20-mahbus bo‘ldi. Joriy oyda AQShda boshqa qatl etishlar rejalashtirilmagani sababli, Smit bu yilda qatl etilgan eng so‘nggi mahbus bo‘ladi. 

Ijro etilgan o‘lim jazolarining kamayishi AQSh uchun oxirgi yillarda barqaror tendensiyaga aylandi. Mana ketma-ket 4 yildan beri o‘tgan yilga nisbatan qatl etishlar soni kamayib bormoqda.

Oxirgi chorak asrda eng ko‘p qatl etishlar 1999 yilda kuzatilgan, o‘shanda 98 mahbus qatl etilgan. Eng kam qatllar esa 1991 yilda qayd qilingan – 14 nafar mahbus.

Ayni vaqtda o‘lim jazosi ijrosi AQShning 50 shtatidan 31 tasida ruxsat etilgan, biroq uni qo‘llash AQSh konstitutsiyasiga 8-tuzatish bilan cheklangan: o‘lim jazosi qotilliklarni sodir etganlarga qo‘llanadi.

 

Top