06:58 / 16.12.2016
20054

Assalomu alaykum, O‘zbekiston! Bugun 16 dekabr!

Foto:kun.uz

16 dekabr — joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 350-kuni.

Voqealar:


1992 yil — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga islom dinini mustahkamlash va musulmon oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Misr Arab Respublikasining “Al-Azhar” universiteti faxriy doktori unvoni berildi.  

1993 yil — Seulda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tanlangan asarlari koreys tilida chop etilgani to‘g‘risidagi xabar e'lon qilindi. 

1899 yil — Italiyaning dunyoga mashhur "Milan" futbol klubiga asos solindi. 
1991 yil — Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e'lon qildi.

Tavalludlar:

1775 yil —  g‘arb mumtoz adabiyoti vakilasi, yozuvchi Jyeyn Ostin,  
1863 yil — amerikalik faylasuf va adib Jorj Santayana,
1866 yil — abstraksionizm asoschilaridan biri, rus rassomi Vasiliy Kandinskiy,
1946 yil — shved kompozitori Benni Andersson.
1988 yil — taniqli nemis futbolchisi Mats Xummels.

O‘tgan kun, 15 dekabrda bo‘lib o‘tgan eng muhim xabarlar bilan shu yerda  tanishasiz >>> batafsil

Top