11:26 / 16.12.2016
15742

AT Xalq banki “SMS-xabarnoma” xizmatini ishga tushirdi

Zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, mijoz uchun yangi-yangi xizmat turlarini yaratib, amaliyotga joriy etish Aktsiyadorlik tijorat Xalq bankining muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.  

Xususan, ushbu bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ishtirokchilari uchun “SMS-xabarnoma” xizmatini joriy etdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi ishtirokchilariga yangi, zamonaviy xizmat turlarini ko‘rsatish va ularni shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamidagi mablag‘lar holatidan xabardor qilishdan iborat. 

Xo‘sh, “SMS-xabarnoma” xizmati nima?

Bu mijozning mobil aloqa vositalari orqali istalgan vaqtda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamidagi mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risida ma'lumot olish imkonini beruvchi dasturiy tizim hisoblanadi. 

Bu tizimga qanday ulanish mumkin?

“SMS-xabarnoma” xizmatiga ulanish uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etayotgan fuqarolar asosiy ish joyi soliq ro‘yxatiga olingan joydagi Xalq banki filialiga murojaat qilishlari lozim. Ixtiyoriylik asosida ishtirok etayotgan fuqarolar esa doimiy yashash joyidagi Xalq bankining filialidan ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Mijoz Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona ma'lumotlar elektron bazasiga ulangan kundan boshlab, “SMS-xabarnoma” xabarlarini o‘z mobil aloqa vositasi orqali olishi mumkin. 

Reklama huquqi asosida

Top