23:43 / 16.12.2016
13848

Reuters: Xitoy AQShga tegishli suv osti dronini tutib oldi

Foto: Reuters

Xitoy harbiy kemasi Janubiy Xitoy dengizidagi xalqaro suv hududlarida avtonom suv osti dronini tutib oldi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligidagi amaldorga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Ta'kidlanishicha, bu voqea 15 dekabrda yuz bergan. Dron AQShning USNS Bowditch okeanografik kemasidan ishga tushirilgan.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, bunday holat uzoq vaqtdan beri birinchi marta yuz berdi. Dron xitoylik harbiylar tomonidan Subik-Bey ko‘rfazidan shimoli-g‘arbiy tomonda tutib olingan.

 

Mavzuga oid
Top