21:17 / 16.12.2016
11161

Tojikiston va AQSh harbiy moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi

AQShning Dushanbedagi elchixonasi Tojikiston mudofaa vazirligi bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhning har yili o‘tkaziladigan uch kunlik yig‘ilishini yakunladi. Bu haqda AQSh elchixonasi xabarida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, yig‘ilishda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi va uning bo‘linmalarining 30 vakili hamda Tojikiston mudofaa vazirligining 12 zobiti ishtirok etdi. Ular 2018-2019 yillarga belgilangan o‘zaro almashuv dasturlari, simpoziumlar, o‘quv mashg‘ulotlari va kurslarini o‘tkazishga taalluqli masalalarni muhokama qilishdi.

Ishchi guruh ishtirokchilari Tojikistonga xorijiy harbiy moliyalashtirish sohasidagi beg‘araz moliyaviy ko‘mak dasturini qo‘llash borasidagi ustuvor yo‘nalishlarni kelishib oldilar.

AQSh va Tojikiston mudofaa vazirligi o‘rtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlik 60 ga yaqin o‘tkazilgan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Bu tadbirlar ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini shakllantirish va terrorchilikka qarshi kurash, chegaralarni qo‘riqlash, tinchlikparvar operatsiyalar va ko‘pmilliy muloqot kabi o‘zaro manfaatli mavzularga e'tiborni mujassamlashtirishga qaratilgan.

Yig‘ilishda AQShning Tojikistondagi elchisi Elizabet Millard bunday hamkorlik mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga ko‘mak berishda muhim rol o‘ynashini ta'kidlab o‘tdi.  

 

Top