Sharopov Anvar Qurbonovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida ma'lum qilingan.
"2016 yil 14 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4872-son farmoniga muvofiq Sharopov Anvar Qurbonovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi", deyilgan xabarda.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari — Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 dekabrida O‘zbekistonda «O‘zbekturizm» kompaniyasi tugatilib, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilishi ma'lum qilingandi.