16:04 / 16.12.2016
3561

Vetnamdagi suv toshqinlari sabab sakkiz kishi halok bo‘ldi

Vetnamning markaziy qismida kelib chiqqan suv toshqinlari sabab sakkiz kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi esa bedarak ketgan. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligi xabar bermoqda.

Halok bo‘lgan olti kishi Bindin provinsiyasi aholisi bo‘lgan. Aynan shu yerga tabiiy ofat yopirilgan. Qolgan qurbonlar esa Kxanxoa va Txyatxen-Xyue provinsiyalarida yashashgan.

Mahalliy hokimiyatning ma'lum qilishicha, suv bosgan hududlarning infratuzilmasiga jiddiy zarar ketgan, qishloq xo‘jaligi harakatlari to‘xtab qolgan.
Sinoptiklar hududda shanbaga qadar kuchli yomg‘irlar bo‘lishini prognoz qilishgan.

Mavzuga oid
Top