19:53 / 17.12.2016
8035

APL, 17-tur. "Chelsi" "Kristal Pelas"ni mag‘lub etib, yaqin ta'qibchisidan 9 ochko ilgarilab ketdi

Foto: Daily Mail

APLning 17-turida "Chelsi" safarda "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushdi. "Selherst Park" o‘yingohida kechgan uchrashuv "Chelsi"ning kichik 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Uchrashuvdagi yagona golni 1-bo‘lim oxirlarida Diyego Kosta kiritdi. 

Shu tariqa, Antonio Konte shogirdlari APLda qatorasiga 11ta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Hozirda jamoa 43 ochko bilan eng yaqin ta'qibchilarini 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.

APL, 17-tur.
Kristal Pelas – Chelsi 0:1 (0:1, 0:0)
Gol:
0:1 – 43 Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Uord (17), Diyego Kosta (22), Kante (60), Dileyni (82), Fabregas (90).

Top