23:00 / 17.12.2016
5881

APL. «Lester» 10 kishi bo‘lib 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Foto: Twitter/premierleague

Angliya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan yana bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

«Stok Siti» mehmoni bo‘lgan amaldagi chempion «Lester» 1 soatdan oshiqroq vaqt mobaynida bir kishi kam bo‘lib harakat qilishiga qaramay iroda ko‘rsatdi. 0:2 hisobida ortda borayotgan Klaudio Raneri shogirdlari ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismida ikki bor to‘p kiritib durangga erisha olishdi.

«Vest Hem» ketma-ket uchinchi turni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi. «Hall»dan ustun kelgan Bilich jamoasi so‘nggi uch turda 7 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Yana bir ligada qolish uchun kurash olib borayotgan jamoa «Midlsbro» esa mavsumni juda yomon o‘tkazayotgan «Suonsi» darvozasiga javobsiz uchta gol kiritdi.

Umuman bu tur autsayderlarga ataldi deyish mumkin. Shunday jamoalardan yana biri «Sanderlend» «Uotford»ni o‘z uyida kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratib so‘nggi o‘rinni tark etadigan bo‘ldi. 

Angliya premer-ligasi. 17-tur

Vest Hem – Hall 1:0 (0:0)
Gol:
1:0 – 76, penalti Nobl.
Vest Hem: Rendolf, Rid, Ogbonna, Kressuell, Antonio, Obiang (Fernandesh, 46), Kuyate, Lansini (Ayyu, 46), Nobl, Payyet (Nordtveyt, 90), Kerroll.
Hall: Marshall, Douson, Devis, Robertson, Maguayr, Klukas, Al-Muxammadi, Snodgrass, Livermor (Xenriksen, 69), Xaddlstoun (Bouen, 86), Mbokani (Diomande, 70).
Ogohlantirishlar: Livermor (32), Obiang (36), Nobl (60), Douson (74), Xenriksen (84), Maguayr (90).

Midlsbro – Suonsi 3:0 (2:0)
Gollar:
1:0 – 18 Negredo, 2:0 – 29, penalti Negredo, 3:0 – 58 de Ron.
Midlsbro: Valdes, Chembers, Fabio (Traore, 87), Barragan, Gibson, de Ron, Kleyton, Ramires (Frend, 62), Forshou, Fisher (Dauning, 12), Negredo.
Suonsi: Fabianski, Mouson, Teylor, Ranxel, Amat, Sigurdsson, Britton (Fer, 70), Rautledj (Montero, 77), Fulton, Barrou (Baston, 59), Lorente.
Ogohlantirish: Negredo (90).

Stok Siti – Lester 2:2 (2:0)
Gollar:
1:0 – 39, penalti Krkich, 2:0 – 45 Allen, 2:1 – 74 Uloa, 2:2 – 88 Amarti.
Stok Siti: Grant, Shoukross, Piters, Djonson, Martins Indi, Imbula, Uelan (Sobxi, 90), Allen, Krkich (Adam, 83), Uolters, Diuf.
Lester: Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Hut, King, Amarti, Olbrayton (Grey, 72), Mahrez (Musa, 80), Slimani (Uloa, 72), Vardi.
Ogohlantirishlar: Simpson (38), Slimani (43), King (43), Fuks (45), Olbrayton (45), Jonson (48), Hut (48), Piters (67).
Chetlatish: Vardi (28, Lester).

Sanderlend – Uotford 1:0 (0:0)
Gol:
1:0 – 49 van Anxolt.
Sanderlend: Pikford, Denayyer, Kone, van Anxolt, Jilobodji, Yanuzay (O′Shi, 80), Ndong, Lav (Larsson, 88), Borini (Hazri, 90), Anichebe, Defo.
Uotford: Gomes, Predl (Kabasele, 31), Britos, Xolebas, Qobul (Yanmaat, 78), Bexrami, Amrabat, Kapu, Suniga (Saksess, 56), Dini, Igalo.
Ogohlantirishlar: Yanuzay (36), Bexrami (45), Qobul (75).

Top