00:43 / 17.12.2016
13912

Arnold Shvartsenegger oyog‘ini sindirib oldi

Foto: abcnews

Hollivudning mashhur aktyori Arnold Shvartsenegger o‘ng oyog‘ini sindirib oldi. Artist ABC News telekanalida efirga uzatiluvchi Live with Kelly teleko‘rsatuviga maxsus tibbiy poyabzalda kelgan.

"Shunchaki pedikyur vaqtida biroz shikastlab oldim", deb hazil javob bergan aktyor boshlovchining savoliga. Shvartsenegger ortiqcha zo‘riqishdan hosil bo‘ladigan stress sinishi deb ataluvchi jarohat olganini aytdi. 

"Balki bu chang‘ida uchganimdandir, balki ko‘p marta o‘tirib-turish mashqlarini bajarishim yoki yugurishdandir. Biroq bu kimni ham tashvishlantirardi?", deb aytgan aktyor. 69 yoshli aktyor bu jismoniy mashqlarga ko‘p vaqt sarflaganini ta'kidlab o‘tgan.

Shvartsenegger shifokorlar unga bir necha hafta davomida tibbiy poyabzal kiyib yurishni tavsiya qilishganini, biroq u "bu oyoq kiyimni juda tez chang‘i poyabzaliga almashtirish niyatidaligini" aytgan. Boshlovchilar ham, o‘z navbatida, aktyorning oyog‘idagi poyabzal "terminatorlarga xos ko‘rinishini" aytib hazillashishgan.

 

Mavzuga oid
Top