18:53 / 17.12.2016
5735

Gvardiola va «Manchester Siti» futbolchilari savobli ishga qo‘l urishdi

«Manchester Siti» futbolchilari Yahyo Ture, Pablo Sabaleta, Vensan Kompani va bosh murabbiyi Xosep Gvardiola rodjyestvo bayrami arafasida bolalar uchun sovg‘alalar ulashishdi, deya xabar bermoqda Tribuna.uz.

Sovg‘alar ulashishdan keyin Pep stol futboli bo‘yicha bemor bolalar va futbolchilar o‘rtasidagi maxsus turnir tashkil qildi.

«Bolalar juda baxtiyor edi. Ularning yuzida tabassumni ko‘rish – bu shunchaki fantastika. Biz bu shaharning bir qismimiz: agar qo‘limizdan qandaydir yordam berish kelsa  – bu biz uchun katta sharaf», – dedi Gvardiola.

Top