15:36 / 17.12.2016
4527

Shanxay hamkorlik tashkiloti marafonida keniyalik sportchi g‘alaba qozondi

Foto: TASS

Keniyalik yengil atletikachi Roda Tanui Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning 15 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro marafonning ayollar o‘rtasidagi bellashuvida marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Musobaqa Xitoyning Kunmin shahrida (Yunnan viloyatining ma'muriy markazi) bo‘lib o‘tdi. U 42,195 kilometrlik masofani 2 soat 33 daqiqa va 53 soniyada bosib o‘tgan.

"Men juda baxtliman", - deya ma'lum qilgan sportchi. 

"Men o‘zimga ishongandim. Buning uchun Keniyada juda uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rib, mashg‘ulotlarda ishtirok etdim. Umumiy hisobda tayyorgarlik uchun uch oy vaqt ketdi" – aytib o‘tdi g‘oliba.

Marafonda qirg‘izistonlik Darya Maslova marraga ikkinchi bo‘lib kelgan bo‘lsa, kuchlik uchlikni efiopiyalik yugurish ustasi Meskerem Abera Xunde yakunlab berdi.

Musobaqalarda hammasi bo‘lib 15,6 ming kishi ishtirok etmoqda. Ularning aksariyati professional sportchilar hisoblanadi. ShHT Xalqaro marafonida sayyoraning to‘rt qit'asidan kelgan 23 davlat vakillari ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid
Top