23:05 / 17.12.2016
4482

Seysmologlar Papua-Yangi Gvineya uchun sunami xavfini bekor qilishdi

Foto: Flickr/ Wonderlane

Tsunamilardan ogohlantirish Tinch okeani markazi mutaxassislari Papua-Yangi Gvineya sohillari yaqinida yuz bergan kuchli zilziladan keyin kiritilgan, sunami yuz berishi xavfini bekor qilishdi. 

7,9 magnitudali zilzila Yangi Irlandiya oroli sohillari yaqinida butunjahon vaqti bilan soat 10.51da (Toshkent vaqti bilan 15.51da) qayd qilingan. Uning o‘chog‘i 73 km chuqurlikda bo‘lgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

"Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, sunami xavfi ayni vaqtda o‘tib ketgan", deb aytildi xabarda.

Papua-Yangi Gvineya "Tinch okeani olovli halqasi" deb ataluvchi yuqori seysmik faollikka ega kuchli tektonik yoriqning bir qismi hisoblanadi. Bu yoriqqa sayyoramizdagi barcha zilzilalarning 90 foizi to‘g‘ri keladi.

 

Mavzuga oid
Top