19:03 / 17.12.2016
10354

Serxio Ramos Karvaxalni «Barselona» futbolchisidan uzr so‘rashga chaqirdi

Foto: eurosport

Madridning «Real» jamoasi sardori Serxio Ramos 24 yoshli klubdoshidan «Barsa» sardori nomiga «El-klasiko» vaqtidagi harakatlari uchun uzr so‘rab xabar jo‘natishni so‘radi, deb yozmoqda Tribuna.uz

Bu orqali «Real» sardori ikkala jamoa o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay vaziyatlarni oldini olishni istagan.

Eslatib o‘tamiz, «Madrid» tomonidan kiritilgan goldan keyin Karvaxal «Kamp Nou»ga yig‘ilgan muxlislarga qo‘li yordamida nomaqbul ishora ko‘rsatgandi. Bungacha futbolchi tvitter orqali muxlislardan uzr so‘rashga ulgurgan.

Mavzuga oid
Top