07:40 / 17.12.2016
5727

Turkiya prezidenti Halabda yarashuvni saqlab qolishga chaqirdi

Foto: Sputnik/ Vanessa Beeley

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an barcha manfaatdor tomonlar va dunyo hamjamiyatini Suriyaning Halabidagi yarashuv kelishuvini qo‘llab-quvvatlash va evakuatsiya jarayonini davom ettirishga chaqirdi.  

"Turkiya vositachiligida erishilgan Halabdagi yarashuv va evakuatsiyaning davom etishi aybsiz odamlar uchun yagona umid hisoblanadi. Barcha tomonlar va dunyo hamjamiyatini yarashuv haqidagi kelishuvga amal qilish va evakuatsiya jarayoniga ko‘mak ko‘rsatishga qat'iy chaqiraman. Halab aholisi yolg‘iz emas. Biz ularning hayotini qutqarish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", deb yozdi Erdo‘g‘an tvitterda.

 

Top