08:47 / 18.12.2016
6685

Video: Muxlislar «Vest Hem» - «Hall» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb darvoza to‘sinini topishdi

«Vest Hem Yunayted» muxlislari «bolg‘achilar» jamoasining APL 17-turida «Hall»ga qarshi o‘yindagi eng yaxshi futbolchi nomini aniqlashdi.

Jamoa tvitteri orqali o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, so‘rovnomaning 57 foiz ishtirokchisi (so‘rovda 4724 kishi ishtirok etgan) londonliklar jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bu o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb «Vest Hem» darvozasi to‘sinini topishgan.

Uchrashuv davomida to‘sin 3 marta mezbonlarni goldan asrab qoldi. Slaven Bilich jamoasi Mark Noublning penaltidan urgan goli evaziga g‘alaba qozonishdi.

Mavzuga oid
Top