19:48 / 19.12.2016
5552

Bloomberg: BP Mavritaniya va Senegalning 900 mln dollarlik aktivlarini sotib oldi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning BP kompaniyasi Kosmos Energy kompaniyasidan Mavritaniya va Senegal sohillaridagi gaz loyihalaridagi ulushini 916 mln dollarga sotib oldi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum bo‘lishicha, BP bu bilan o‘zining chuqur suv ostida gaz konlarini o‘zlashtirish sohasidagi operatsiyalarini kengaytirmoqda.

Mutaxassislarning ma'lum qilishicha, BP Mavritaniya sohillaridagi 4 ta pozitsiyada gazni razvedka qilish va uni o‘zlashtirishga litsenziyaga ega kompaniyalar aksiyalarining 62 foizini sotib olgan. 

Britaniya kompaniyasi shuningdek Senegal sohillari yaqinidagi 2 ta blokda gazni razvedka qilish litsenziyasiga ega bo‘lgan kompaniyaning 32,49 foiz aksiyasini sotib olgan.

Avvalroq «Rosneft» va BP qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha bitimni yakunlashgani ma'lum qilingandi.

 

Top