23:03 / 19.12.2016
35033

Foto: Karlovning qotili politsiya zobiti bo‘lib chiqdi

Rossiya elchisi Andrey Karlovni o‘ldirgan qotil Anqara politsiyasi zobiti bo‘lgan. Bu ma'lumotni Reuters agentligi Turkiya kuchishlatar tuzilmalaridagi manbalariga asoslanib tarqatdi.

NTV telekanali xabariga ko‘ra, qotil zamonaviy san'atlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tayotgan binoga politsiyachi guvohnomasini ko‘rsatgan holda kirgan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, u qo‘riqchilar tarkibida bo‘lgan. Shuningdek, uning hujjatlari soxta bo‘lishi mumkinligi ham istisno qilinmayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa ushbu shaxsning politsiya formasida tushgan suratlari tarqalmoqda.

Mavzuga oid
Top