07:44 / 19.12.2016
3611

Kongoda kon o‘pirilishi oqibatida odamlar halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Kongo Demokratik Respublikasida kon o‘pirilishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kongo tog‘-kon sohasi vaziri Apolliner Bulindiga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi. 

Voqea 18 dekabrga o‘tar kechasi Janubiy Kivu viloyatida yuz bergan. Bulindining aytishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki konda ko‘pchilik noqonuniy ishlagan.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Kivu mamlakatning ma'danlarga eng boy joyi hisoblanadi.  

 

Mavzuga oid
Top