14:20 / 19.12.2016
15290

Mirzo Ulug‘bek tumanini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017-2019 yillarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi dasturni imzoladi.
 
2019 yilgacha kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq, ushbu tuman hududida qurilish borasida yangi investitsiya loyihalarni tashkil etish, oziq-ovqat va iste'mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash hamda qurilish mollari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar barpo etish ko‘zda tutilgan. Umumiy hisobda 108ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan 76tasi 2017 yilda, 22 tasi 2018, 10tasi 2019 yilda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi texnikalari, tibbiyot uskunalari va jihozlar, dorilar, tekstil mollari, plastmassa mahsulotlari, mebel, neft mahsulotlari va boshqalarni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi. 

Bundan tashqari, dasturga muvofiq, xizmat ko‘rsatish sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, jumladan, sport-sog‘lomlashtirish majmualarini modernizatsi qilish va barpo qilish, tibbiy va stomatologiya xizmatlari, o‘quv markazlari, transport xizmatlari, savdo-xo‘jalik majmualari, ko‘ngilochar miniparklarni qurish nazarda tutilgan. 

2019 yilgacha Mirzo-Ulug‘bek tumanida 15dan ortiq ko‘p xonadonli turarjoy, Buyuk Ipak yo‘li va Gulsanam ko‘chalari kesishmasida "Navro‘z dehqon bozori" ham quriladi. 

Shu bilan birga, 97ta ko‘chada avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlash, 52ta mavzelararo yo‘llarni kapital ta'mirlash, 12ta maktabni kapital ta'mirdan chiqarish belgilangan. 

Mavzuga oid
Top