18:03 / 19.12.2016
7576

Mutaxassis: Insonni yaxshilab bilib olish uchun Facebook’dagi 240 ta “layk” yetarli

Foto: AP

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisini 240 ta “laykini” tahlil qilish u haqda ko‘plab ma'lumotlarni taqdim etishi mumkin. Bu haqda Stenford oliy biznes maktabi dotsenti Mixal Kozinski ma'lum qildi.

“Insonni qanday hamkasbligini tushunish uchun 10 “layk”ni tahlildan o‘tkazish kifoya. Uni qanchalik yaxshi turmush o‘rtoq bo‘lishini bilish uchun esa deyarli 230-240 “layk” talab etiladi, - deb hisoblaydi mutaxassis. – Bu borada aniqlik juda yuqori: masalan, teri rangi, jinsini 90 foiz ehtimol bilan to‘g‘ri topish mumkin”.

Umuman olganda insonning “raqamli izlari” (o‘sha “layk”lardan tortib kredit kartasi orqali mahsulotlar xarid qilish va tarmoqda musiqa tinglashi) orqali u haqda ko‘p narsani bilib olish mumkin ekan. “Mening uslubim sizning ma'lum bir insonning ruhiy xususiyatlarini bilish uchun “raqamli izlardan” foydalanishingiz mumkinligini ko‘rsatib beradi”, - deya aytib o‘tdi 34 yoshli olim.

Xabarlarga ko‘ra, tadqiqotlar ijtimoiy tarmoqdagi xatti-harakat ma'lum bir shaxs haqida aniq ma'lumotlarni taqdim etishini isbotlagan.
 

Mavzuga oid
Top