15:52 / 19.12.2016
9150

Osiyoning Katta Mekong mintaqasida 163 turdagi yangi jonivor aniqlandi

Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) dushanba kuni taqdim etgan hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili olimlar Osiyoning Katta Mekong mintaqasida 163 yangi jonivor turlarini aniqlashgan. Bu haqida Daily Sabah nashri ma'lum qildi. 

Unga ko‘ra, olimlar 2015 yilda Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Vetnam hududlarida 9 amfibiya, 11 baliq, 14 sudralib yuruvchi, 126 o‘simlik va 3 sut emizuvchi turini aniqlashgan. 

Manbaga ko‘ra, Tailandning so‘nggi 10 yilda jadal rivojlangan Pxuket orolida olimlar qo‘rqinchli kaltakesak turiga (acanthosaura phuketensis) duch kelishgan - uning boshi va tanasida uchli shoxchalari bor. 

Mamlakatning shimoliy qismidagi Chiangray provinsiyasida esa tanasida qizil va qora nuqtalari bo‘lgan g‘aroyib triton turi aniqlangan. 

Kambodja va Vetnamda esa qurbaqaning barmoq uchidek keladigan yangi turi topilgan. 

Osiyoning Katta Mekong hududida dunyoning eng tahdidli, noyob va yo‘qolib borayotgan jonivorlari yashaydi. 

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Katta Mekong o‘zining xilma-xil turdagi jonivorlari bilan dunyo olimlarini jalb qilib keyeladi. 

Ko‘plab kolleksionerlar bu yerdan yetkaziladigan noyob va g‘aroyib jonivorlar uchun minglab dollarlarini sarflashga tayyor.

Foto: WWF
Tylototriton anguliceps
Foto: WWF
Murina kontumensis
Foto: WWF
Acanthosaura phuketensis
Foto: WWF
Parafimbrios Lao
Foto: WWF
Tylototriton anguliceps
Foto: WWF
Musa nanensis
Foto: WWF
Leptolalax isos
Foto: WWF
Gekko bonkowskii
Foto: WWF
Impatiens kingdon-wardii
Top