22:42 / 19.12.2016
35602

Rossiya elchisi qotili otib tashlandi

Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovni ko‘rgazma ochilish marosimi vaqtida otib tashlagan noma'lum shaxs yo‘q qilindi. Bu haqda CNN Turk xabar tarqatdi.

NTV Turk telekanali ma'lumotiga ko‘ra, uni voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari otib o‘ldirgan. Turkiya IIV rahbari ham voqea joyiga yetib keldi.

Qotil soxta politsiyachi nishoniga ega bo‘lgan. U marosim vaqtida xavfsizlikni ta'minlash xizmati xodimi sifatida bino ichkarisida edi.

Ayni vaqtda Rossiya elchixonasini qo‘riqlash kuchaytirilgan.

Bundan oldinroq, Rossiya elchisi olingan jarohatlari tufayli shifoxonada jon bergani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top