08:53 / 19.12.2016
5515

Shanxayda ombordagi baxtsiz voqea oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Shanxaydagi omborlardan birida metall panellar tushib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Shanghai Daily.

Ta'kidlanishicha, voqea Shanghai Zhongxin Stainless Steel kompaniyasi omborida yuz bergan. Ushbu holat yuzasidan politsiya ombor egasini so‘roq qilgan. 

Ombor xodimlaridan biri voqea vaqtida ushbu joyda 8 kishi bo‘lganini aytgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bir metall panelning og‘irligi 50 kg gacha yetishi mumkin. Odamlar ustiga tushib ketgan konstruksiyaning og‘irligi esa 4-5 tonna bo‘lishi mumkin. 

 

Top