00:55 / 20.12.2016
34971

Erdo‘g‘an Rossiya elchisi qotilligidan keyin Rossiya prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada Rossiya elchisi Andrey Karlov o‘ldirilgandan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda turk hukumati vakillariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Putin bilan fojia yuzasidan unda mavjud bo‘lgan barcha ma'lumot bilan bo‘lishgan. 

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligi Karlovning o‘ldirilishini qoralagandi hamda jinoyat sinchkovlik bilan tergov qilinishi va aybdorlar munosib jazolanishini aytgandi. 

 

Top