22:59 / 20.12.2016
13570

Karlovning tobutini olib uchgan samolyot Moskvaga qo‘ndi

Foto: © RIA Novosti

Anqarada suiqasd oqibatida halok bo‘lgan Andrey Karlovning jasadi solingan tobutni olib maxsus reysni amalga oshirgan samolyot Moskvadagi Vnukovo aeroportiga qo‘ndi.

Samolyotda Rossiya FVV shifokori va ruhshunosi hamkroligida Karlovning bevasi ham Moskvaga kelgan.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Karlovning tobutini kutib olish uchun aeroportga chiqishini ma'lum qilgandi.

Undan oldinroq, Anqarada Andrey Karlov bilan xayrlashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Turkiya faxriy qorovuli qatnashdi. Tadbirda marhumning qarindoshlari, Rossiya elchixonasi xodimlari, Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari To‘g‘rul Turkash, ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu, Anqara hokimi Melix Gekchek, TIV vakillari hamda xorij elchixonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Top