18:08 / 20.12.2016
12535

Nokia yangi smartfon taqdim etmoqda

Nokia mobil telefonlar bozoriga Nokia 150 va Nokia 150 Dual SIM tugmali apparatlarini chiqarish bilan qaytdi. Biroq Microsoft Mobile biznesining bir qismini joriy yilda xarid qilgan va Nokia brendiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritgan HMD Global kompaniyasi bu bilan to‘xtash niyati yo‘q. 

Kompaniya yangi Nokia C1 qurilmasini taqdim etmoqchi. Ushbu model Nokia P’ga o‘xshash bo‘lib, qator o‘ziga xos jihatlari bilan ham ajralib turadi. Nokia C1 Snapdragon 835 protsessoriga ega bo‘lib, xotirasi 4 Gbaytga teng. Unda mobil fotosurat havaskorlari uchun 16- va 12-Mp sensorli ikkita kamera mavjud, shuningdek 5-Mp frontal kameraga ham ega. Uskuna 3210 mA•s akkumulyator bilan jihozlanadi. Bozorga xotira hajmi 32, 64 va 128 Gbayt bo‘lgan qurilma turlari chiqariladi. U Android tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Yangilik 2017 yilda Barselonada taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, bu yerda Nokia P bilan ham tanishish imkoni mavjud.
 

Mavzuga oid
Top