17:52 / 20.12.2016
19757

Politsiya: Germaniya urush holatida

Germaniyaning Saar yeri ichki ishlar vaziri Klaus Buyon ma'lum qildiki, mamlakat urush holatida turibdi.

«Biz shuni tan olishimiz kerakki, urush holatidamiz, ba'zilar esa buni sezishmayapti», — deya Buyonning so‘zlarini keltirgan SR nashri.

19 dekabr kuni Berlinda yuk mashinasi Rojdestvo yarmarkasiga chiqqan kishilar ustiga yurib borishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi va 50dan ortiq kishi turli darajada tan jarohatlari oldi. 

Germaniya IIV Berlindagi hodisani terakt sifatida tan oldi.

20 dekabr kuni esa Gessen yeridagi Visbaden shahrida otishma ro‘y berdi va bir kishi halok bo‘lib, 2 kishi jarohatlandi. O‘q uzgan shaxs qidirilmoqda.

Mavzuga oid
Top