16:20 / 20.12.2016
27654

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga hamdardlik bildirdi

Foto: Jahon AA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaning Turkiyadagi Elchisi Andrey Karlovning shafqatsiz suiqasd natijasida halok bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

«Biz har qanday shakl va ko‘rinishdagi terrorizm va ekstremizm harakatlarini qattiq qoralaymiz.  Mazkur fojia hozirgi zamonning shunday noinsoniy tahdidlariga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyatning barcha kuchlarini birlashtirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ushbu qayg‘uli kunlarda O‘zbekiston Rossiya xalqi bilan har tomonlama birdamligini bildiradi», deya qayd etilgan O‘zbekiston rahbari maktubida.

Davlat rahbari Rossiya diplomatining oila a'zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.

Mavzuga oid
Top