19:30 / 20.12.2016
6173

Turkiya TIV: Halabdan 40 mingga yaqin inson ko‘chirildi

Foto: Reuters

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lining bayonot berishicha, Suriyaning Halab shahridan 37 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Bugungi kunga kelib, Halabdan 37 500 kishi ko‘chirildi. Asosiy maqsad, evakuatsiya ishlarini 21 dekabrgacha yakunlash», — degan Chavusho‘g‘li. 

O‘z navbatida, Xalqaro Qizil xoch jamiyatining ma'lum qilishicha, Halabda evakuatsiya ishlari boshlangan 15 dekabrdan buyon shaharning sharqiy tumanlaridan 25 ming kishi ko‘chirilgan. 

 

Top