14:29 / 20.12.2016
6504

O‘zbekiston chempionatining keyingi mavsumi uchun qur'a tashlandi

Foto: O‘FF matbuot xizmati

20 dekabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi anjumanlar zalida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining keyingi yilgi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zPFL rahbariyati hamda xodimlari, Oliy Liga klublari vakillari, shuningdek, jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zPFL direktori Farhod Magometov so‘zga chiqib, 2016 yilgi mavsum yakunlari, kelasi mavsum avvalidan amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar, oldindagi vazifalar haqida nutq so‘zladi. O‘z nutqi yakunida jamoalar vakillari talab va takliflarini tinglab, jurnalistlar savollariga javob berdi.

2017 yilgi mavsumdan O‘zPFL g‘olibi va O‘zbekiston Kubogi sohibiga beriladigan kuboklarning yangicha ko‘rinishdagisi namoyish etildi.

Shundan so‘ng, bevosita qur'a tashlash marosimiga o‘tildi va Oliy Liga-2017 dastlabki uch turida o‘zaro to‘qnash keladigan juftliklar aniqlab olindi. Unga ko‘ra, dastlabki turlarda quyidagi juftliklarda bahslar o‘tkaziladi:

1-tur

“Mash'al” – “Lokomotiv”

“Metallurg” – “Dinamo”

“Sho‘rtan” – “Neftchi

“Paxtakor” – “Qizilqum”

“Navbahor” – “Obod”

“Qo‘qon” – “Nasaf

“Buxoro” – “Olmaliq”

“Bunyodkor” – “So‘g‘diyona”

2-tur

“Lokomotiv” – “So‘g‘diyona”

“Olmaliq” – “Bunyodkor”

“Nasaf” – “Buxoro”

“Obod” – “Qo‘qon”

“Qizilqum” – “Navbahor”

“Neftchi” – “Paxtakor”

“Dinamo” – “Sho‘rtan”

“Mash'al” – “Metallurg”

3-tur

“Meatllur” – “Lokomotiv”

“Sho‘rtan” – “Mash'al”

“Paxtakor” – “Dinamo”

“Navbahor” – “Neftchi”

“Qo‘qon” – “Qizilqum”

“Buxoro” – “Obod”

“Bunyodkor” – “Nasaf”

“So‘g‘diyona” – “Olmaliq”

Taqvimning to‘liq ko‘rinishi O‘zPFL rasmiy saytida e'lon qilinadi.

Mavzuga oid
Top