16:55 / 21.12.2016
6887

Eron rahbari Qirg‘izistonga kelmoqda

Foto: Google image

Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Almazbek Atambayev devonining axborot siyosati bo‘yicha bo‘limi xabar berdi.
 
Ta'kidlanishicha, tashrif chog‘ida Eron va Qirg‘izistonning o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilinadi. Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.
 
Muzokaralar yakuniga ko‘ra bir qator hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda.
 
Shuningdek, Hasan Ruhoniy rasmiy tashrif davomida mamlakat bosh vaziri bilan uchrashib, biznes-forum ochilishida ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
 

Top