16:29 / 21.12.2016
28660

Video: Marhum Karlovning onasi o‘g‘li tobuti ustida

20 dekabr oqshomida marhum Andrey Karlov jasadi solingan tobutni olib Anqaradan uchgan samolyoti Moskvadagi Vnukovo aeroportiga qo‘ndi. Samolyotda marhumning volidasi va bevasi ham Moskvaga qaytgan.

Maxsus reysni aeroportda shu vaqtda Moskvada bo‘lib turgan Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov kutib olgan. Aeroportning hukumat terminali binosida Rossiya bayroqlari tushirib qo‘yildi. Vazirlar samolyot bortiga ko‘tarilib, samolyotda kelgan elchining bevasi va onasi Marina va Mariya Karlovalarga trapdan qizil gilamchagacha tushishga yordam berishdi.

Videoda marhumning tinimsiz yig‘layotgan onasini ikki vazir ikki yoqdan suyab boradi.

Terminal oldida tobut minbarga qo‘yildi. Bu yerda ayollar o‘z qadrdon odamlari bilan yana bir marta vidolashishdi. So‘ngra tobut katafalkka ortilib, Moskvaga olib ketildi.

Top