19:31 / 22.12.2016
10791

Amerikalik ayol tushida ikkita farzandini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Amerikalik ayolni o‘z farzandi qotilligida ayblab, sud qilishmoqda, deb xabar berdi The New York Times. Bu uning ehtiyotsizligi tufayli halok bo‘lgan ikkinchi bola ekani ma'lum qilingan.

Erin Piche-Pittsning so‘zlariga ko‘ra, uning 18 kunlik o‘g‘li tunda uyg‘onib, yig‘lab yuborgan. Ayol uni olib, o‘zining yoniga yotqizgan hamda sutli aralashma bo‘lgan butilkani bergan. Shundan so‘ng u mudrab qolgan. Bir necha soatdan so‘ng esa vahimada uyg‘ondi. Bola tinmay qayt qilib, hech nimani sezmagan. Ayol chaqirgan shifokorlar esa bo‘g‘ilib qolish oqibatida yuz bergan o‘lim holatini qayd etishgan. Avvalroq, 2009 yilda Piche-Pittsning 13 kunlik qizi ham shunga o‘xshash holatda vafot etgan.

Ma'lumot uchun, AQShda har yili 3,5 ming chaqaloq uyqu holatida halok bo‘ladi. Aksariyat hollarda bu texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq.

Erin Piche-Pitts
Mavzuga oid
Top