«Kristal Pelas» jamoasi Alan Pardyuni iste'foga chiqardi.
55 yoshli ushbu mutaxassis 2014/15 yilgi mavsumda «Pelas» boshqaruviga kelgan va ilk mavsumdayoq jamoa tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgandi - APLdagi 10-o‘rin. O‘tgan mavsumda londonliklar jamoasi uning rahbarligida Angliya Kubogi finaliga qadar yetib borgandi.
Jamoaning bu mavsumdagi ishlari esa ko‘ngildagidek emas. 17 turdan keyin Pardyu jamoasi 15 ochko bilan turnir jadvalining 17-o‘rnida joylashgan.
«Kristal Pelas» bayonotida klub Pardyuning o‘rniga imkon qadar qisqa muddat ichida yangi murabbiy topilishi aytilgan.