19:28 / 22.12.2016
4654

YeXHT: 2016 yili Donbassda tinch aholi vakillari orasida 83 kishi halok bo‘ldi

Foto: © RIA Novosti

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining maxsus monitoring missiyasi (SMM) 2016 yilning yanvaridan noyabrigacha bo‘lgan muddatda Donbass hududida tinch aholi vakillaridan 83 kishi halok bo‘lganini qayd etgan. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali missiya rahbari o‘rinbosari Aleksandr Xugning brifing chog‘idagi bayonotiga asoslanib xabar berilgan.

«2016 yilning yanvaridan noyabrigacha  YeXHT kuzatuvchilari fuqarolar orasida qurbonlar soni 83 nafarni tashkil qilgani, shuningdkek 305 kishi jarohat olganini qayd etgan», — degan u.

Mavzuga oid
Top