15:26 / 22.12.2016
8619

Google milliardlab dollar soliq to‘lamagan

Foto: Google image

2015 yilda Google kompaniyasi soliq xizmatlaridan 15,5 mlrd dollarni yashirishning uddasidan chiqqan, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi Google Netherlands Holdings sho‘'ba korxonasi hisobotiga tayangan holda. Shu bilan kompaniya 3,6 mlrd dollar miqdorida soliq to‘lamagan. Kompaniyaning Irlandiyadagi bo‘limining dunyo bo‘ylab amaliyotlaridan ko‘radigan daromadi Google Netherlands Holdings orqali Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan, Google Ireland Holdings kompaniyasining Bermuda orollaridagi bo‘limiga o‘tkazilgan. Bu orollardagi kompaniyalar daromad solig‘i to‘lamaydi. 

Bunday tartib Amerika va Yevropadagi soliqlarning sezilarli qismini to‘lamaslik imkonini beradi. Google kompaniyasining AQSh hududidan tashqaridagi soliqlari, yuqoridagi usuldan foydalanilganda 6 foizni tashkil etadi. 

«Gollandiya sendvichli Irlandiya ikkiligi» — deb nomlangan bu usul ikkita Irlandiya va bitta Gollandiya kompaniyasining faoliyatini muvofiqlashtirish vositasida soliq miqdorini sun'iy ravishda kamaytirish imkonini beradi. 2015 yilda Irlandiya hukumati qonunchilikdagi ushbu usulga imkon beruvchi kamchilikni tuzatgan, ammo, bu usuldan foydalanayotgan kompaniyalarga 2020 yilgacha ruxsat bergan edi. 

 

Top