22:43 / 22.12.2016
9338

Xitoyda birinchi haydovchisiz metro ishga tushirildi

Foto: from web

Xitoyning Syangan shahrida Nangandao haydovchisiz metro liniyasi ochildi. Bu haqda «Jenmin jibao» nashri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, Bu Xitoyda haydovchi kabinasi bo‘lmagan va to‘liq avtomatik boshqarish tizimiga ega birinchi poyezddir. Xitoy mustaqil ravishda yaratgan ushbu poyezd uchun to‘liq huquqqa ega.  

Nangandaoning sharqiy qismidan 28 dekabrda foydalana boshlanadi. Butun liniya maksimal tezligi 80 km/soatni tashkil qiluvchi 10 ta poyezdni o‘z ichiga oladi. Poyezdlar mustaqil ravishda yoqiladi, ishlaydi, nosozliklarni topadi va avtomatik ravishda tozalana oladi.

Xitoyda uchta "haydovchisiz" transport liniyasi ochilgan: ulardan birinchisi – uzunligi 4 km bo‘lgan, Guanchjouning Chjutszyan shahridagi avtomatik transport tizimi, ikkinchisi  Pekindagi  aeroekspress, uchinchisi esa Shanxay metrosining 10-liniyasi.

Biroq mutaxassislarning aytishicha, bu 3 liniya haydovchisiz deb hisoblana olmaydi. Chunki bir tomondan uni boshqarish uchun baribir haydovchi kerak, ikkinchi tomondan unda qo‘llanuvchi texnologiya Siemens kompaniyasiga tegishli.

Top